Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Ukrainaga urushdan keyingi xavfsizlik mexanizmlarini va’da qildi
Ukraina kelajagi Yevroatlantika oilasida va bu davlat uchun uzoq muddatli xavfsizlik mexanizmlarini yaratish zarur, dedi NATO bosh kotibi Ukraina tashqi ishlar vazirligi rahbari bilan uchrashuvdan keyin.
Ukrainani Rossiya tajovuzkorligining ehtimoliy takrorlanishidan himoya qilish zarur, dedi NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg 21 fevral, seshanba kuni Yevropa Ittifoqi diplomati Jozep Borrel va Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida.
«Urush tugagach, biz Ukraina uchun uzoq muddatli xavfsizlik mexanizmlarini yaratishimiz kerak, - dedi Stoltenberg. - Biz ko‘p yillar davomida Rossiya agressiyasining namunasini ko‘rib turibmiz». U 2008 yilda Gruziyadagi urush, 2014 yilda Qrimning annexia qilinishi va Ukraina sharqidagi urush, so‘ngra Rossiyaning mamlakatga keng ko‘lamli bosqinini misol qilib keltirdi.
«Biz Ukrainaning kelajagi Yevroatlantika oilasida ekanligini aniq aytishimiz va Rossiya Yevropa xavfsizligiga putur yetkazishda davom etmasligini ta’minlashimiz kerak. Biz Rossiya agressiyasining ayovsiz doirasini buzishimiz kerak», - deya ta’kidladi NATO bosh kotibi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning sulhga tayyorligini hech narsa ko‘rsatmayapti, aksincha, uning prezidenti Vladimir Putin yangi hujum amaliyotlarini tayyorlamoqda, yangi askarlarni safarbar qilmoqda, frontga ko‘proq qurol yuborib, Shimoliy Koreya va Erondan harbiy yordam so‘ramoqda.
«Biz Xitoy Rossiyaga qurol bilan yordam ko‘rsatishni rejalashtirayotganidan xavotirdamiz», — dedi Stoltenberg. Biroq, Borrelning so‘zlariga ko‘ra, Pekin uni Xitoy siyosati - urishayotgan mamlakatlarga qurol yetkazib bermaslik ekaniga ishontirgan.
Mavzuga oid
11:35 / 21.06.2026
Kapotnyadagi zavodga zarba oqibatlari. Kosmosdan ko‘rinish
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026