O‘zbekiston | 20:22 / 23.02.2023
9026
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston mehmondo‘stlik reytingida yuqori o‘rinlardan birini egalladi 

O‘zbekistonga 139 davlat fuqarolari vizasiz yoki yetib kelganidan keyin beriladigan viza bilan qabul qilinadi. 

Dunyo davlatlarining 2023 yilgi mehmondo‘stlik reytingida (Welcoming Countries Rank-2023) O‘zbekiston 26-o‘rinni egalladi. Reyting Kanadaning Arton Capital kompaniyasi tahlilchilari tomonidan tuzilgan. 

Mutaxassislar uni tuzishda ma’lum bir davlat qancha mamlakat fuqarolarini vizasiz yoki kelgandan keyin beriladigan viza bilan qabul qilishini hisoblab chiqqan. 

O‘zbekiston dunyo reytingida 26-o‘rinda qayd etilgan: 139 davlat fuqarolari vizasiz yoki yetib kelganidan keyin beriladigan viza bilan qabul qilinadi. 

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Tojikiston 49-o‘rinda (87 davlat), Qirg‘iziston 53-o‘rinda (80 ta davlat), Qozog‘iston 54-o‘rinda (77 davlat), Rossiya 62-o‘rinda (63 mamlakat). 

Birinchi o‘rinni 20 dan ortiq mamlakatlar egalladi, jumladan Tuvalu, Janubiy Sudan, Somali, Boliviya, Angola, Maldiv orollari, Kot-d’Ivuar, Kamboja, Nigeriya va boshqalar. Ularning har biriga 198 davlat fuqarolari vizasi kirishi yoki yetib kelganida viza olish orqali kirishi mumkin. 

An’anaga ko‘ra, reytingning so‘nggi pog‘onasini Shimoliy Koreya, Turkmaniston va Afg‘oniston egallagan. Bu mamlakatlarning barchasi 0 ballga ega. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid