O‘zbekiston | 14:50 / 23.02.2023
30223
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib keladi

25 fevral kuni respublikaning ko‘plab viloyatlarida yomg‘ir va qor yog‘ishi prognoz qilinmoqda. Havo harorati kechalari –5 darajagacha, respublika shimolida –10 darajagacha tushishi mumkin.

Foto: Kun.uz

24 fevral kuni O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga, 25-26 fevral kunlari respublikaning barcha hududlariga Rossiyaning Yevropa qismidan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda «O‘zgidromet» rahbari Sherzod Habibullayev xabar berdi.

24 fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 25 fevralda respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

24–25 fevral kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.

25–26 fevralda harorat kechalari 0...–5 darajagacha, respublika shimolida –5...–10 darajagacha, kunduz kunlari 0...+5 darajagacha qisqa muddatga pasayishi kutilmoqda.

«O‘zgidromet» esa 25 fevral kuni respublikaning ko‘plab viloyatlarida yomg‘ir va qor yog‘ishini prognoz qilmoqda.

«O‘zgidromet» va uning COSMO_CA milliy operativ prognostik modeli 25 fevral kuni 12 soatlikda yog‘ishi kutilayotgan yog‘ingarchilik xarita ma’lumotlari.

Unga ko‘ra, 25 fevral kuni mamlakat shimolida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Surxondaryo viloyatida yomg‘ir, qolgan viloyatlarda avvaliga yomg‘ir, keyinroq qorga aylanib ketish bilan bog‘liq yog‘in hodisalari kutiladi. Tog‘larda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

26–27 fevral kunlari esa respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid