Jahon | 09:36 / 23.02.2023
16035
2 daqiqa o‘qiladi

Stoltenberg: NATO Rossiyaga ruxsat etilgan chegarani ko‘rsatib qo‘yadi

«Biz Rossiyaning Yevropa xavfsizligini buzishda davom etishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz», dedi NATO bosh kotibi. AQSh prezidenti Bayden NATOning Sharqiy Yevropa a’zolarini qo‘llab-quvvatlashga ishontirdi.

Foto: Reuters

NATO Bosh kotibi Yyens Stoltenberg Rossiyaga ruxsat etilgan chegaralarni bir marta va oxirigacha ko‘rsatib qo‘yishga chaqirdi. «Biz Rossiyaga Yevropa xavfsizligiga putur yetkazishda davom etishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. NATO Rossiyaning agressiyasini buzishi va tarix takrorlanmasligini ta’minlashi kerak», dedi u 22 fevral, chorshanba kuni Varshavada NATOning Sharqiy Yevropa sammitida.

Stoltenberg Ukrainaga qarshi urush boshlanishidan oldin ham Rossiya 2008 yilda Gruziyaga hujum qilgani, 2014 yilda esa Ukrainaning Qrim yarimorolini annexia qilib, Donbass separatistlarini qo‘llab-quvvatlay boshlaganini eslatdi.

«Biz Rossiyaning ko‘p yillardagi eng tajovuzkor xatti-harakatlariga guvoh bo‘lmoqdamiz. Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkorligi boshlanganidan bir yil o‘tib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin tinchlikka tayyorgarlik ko‘rayotganidan darak yo‘q», - dedi Stoltenberg.

O‘z navbatida, Varshavada bo‘lib o‘tgan «Buxarest to‘qqizligi» sammitida ishtirok etgan AQSh prezidenti Jo Bayden alyansning Sharqiy Yevropa a’zolarini Rossiya tajovuzi bo‘lgan taqdirda qo‘llab-quvvatlashiga ishontirdi. «NATO Nizomining 5-moddasi Qo‘shma Shtatlar tomonidan qabul qilingan majburiyatdir. Biz NATO hududining tom ma’noda har bir qarichini himoya qilamiz», - deb va’da berdi Bayden «to‘qqizlik» - Bolgariya, Vengriya, Latviya, Litva, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Chexiya va Estoniya yetakchilariga.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid