Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya: NATO askarlari hech qachon Ukrainadagi urushga bormaydi
Ispaniya qo‘shinlari «hech qachon» Ukrainadagi urushda qatnashmaydi. Bu haqda Ispaniya mudofaa vaziri Margarita Robles La Vanguardia gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Bu mutlaqo mumkin bo‘lmagan ssenariy, u mavjud emas. Ispaniya askarlari faqat NATO davlatlaridan biriga tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda aralashadi. Hech qachon, hech qachon, NATO davlatidan birorta ham askar bo‘lmaydi. Ispaniya hech qachon Ukrainadagi urushda qatnashmaydi», dedi u.
Margarita Robles NATO shartnomasining bandiga ishora qilgan. Unga ko‘ra, ittifoqqa a’zo davlat urushga faqat NATOga a’zo boshqa davlat hujumga uchrasa va yordam so‘rasagina aralashadi.
Avvalroq NATO Bosh kotibi Yyens Stoltenberg Rossiyaga ruxsat etilgan chegaralarni bir marta va oxirigacha ko‘rsatib qo‘yishga chaqirgandi.
«Biz Rossiyaga Yevropa xavfsizligiga putur yetkazishda davom etishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. NATO Rossiyaning agressiyasini buzishi va tarix takrorlanmasligini ta’minlashi kerak», dedi u 22 fevral kuni Varshavada NATOning Sharqiy Yevropa sammitida.
Stoltenberg Ukrainaga qarshi urush boshlanishidan oldin ham Rossiya 2008 yilda Gruziyaga hujum qilgani, 2014 yilda esa Ukrainaning Qrim yarimorolini annexia qilib, Donbass separatistlarini qo‘llab-quvvatlay boshlaganini eslatdi.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:46 / 22.05.2026