Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX korrupsiya va firibgarlik bilan shug‘ullangan mansabdorlarni qo‘lga oldi
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan joylarda korrupsiya va firibgarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda DXX xabarida aytilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali mansabdor shaxsi fuqaroni ushbu filialga bo‘lim boshlig‘i lavozimiga ishga qabul qilish va uning ilmiy ishini ilmiy kengashga kiritib, himoya qilishida yordam berish evaziga pora tariqasida 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani tibbiyot birlashmasining reanimatsiya bo‘limi mansabdor shaxsi mazkur tumanda istiqomat qiluvchi fuqaroning ishonchiga kirib, unga nisbatan Toshkent shahar Uchtepa tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tanishlari orqali uning foydasiga hal qilib berish evaziga 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlandi.
DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Uychi tumani hokimligi yuristkonsulti firibgarlik yo‘li bilan mahalliy fermer xo‘jalik rahbaridan 5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Aniqlanishicha, u iqtisodiy sudda ko‘rib chiqilayotgan ushbu fermer xo‘jalikning yer maydonini tuman hokimligi zaxirasiga qaytarib olish masalasini fermer foydasiga hal qilib berishni va’da qilgan.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
08:18 / 04.06.2026
1,5 gektar yerni «sotish» bahonasida 750 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi
08:20 / 03.06.2026