O‘zbekiston | 10:35 / 03.03.2023
8615
1 daqiqa o‘qiladi
Dehlidan Moskvaga uchayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘ndi
«Aeroflot» aviakompaniyasining Dehli - Moskva yo‘nalishi bo‘yicha AFL233 reysi samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.
Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 09:30 da Toshkent aeroportiga qo‘ndi.
Qo‘nishga appenditsit xurujiga uchragan Hindiston fuqarosi sabab bo‘lgan. Ekipaj yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli muqobil aerodromga qo‘nishga qaror qildi.
Aeroportga qo‘ngach, yo‘lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
12:02 / 02.11.2024
Myunxendan Shanxayga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
11:56 / 02.11.2024
Aviatsiya tarixidagi g‘alati halokat: uchuvchi nega samolyotni tog‘ga olib borib urgandi?
19:24 / 27.10.2024
Moskvada xorijlik migrantlar uchun patent narxi qariyb 20 foizga oshadi
12:56 / 25.10.2024