O‘zbekiston | 09:44 / 06.03.2023
2490
2 daqiqa o‘qiladi

Turizm mahallalarida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi rivojlantiriladi

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining “Turizm mahallalarida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatda turizm mahallalarida ichki avtomobil yo‘llari va ko‘priklarni, ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini qurish va ta’mirlash, elektr ta’minotini yaxshilash hamda aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirish bo‘yicha infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun 2024-2025 yillarda 205 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilab qo‘yilgan.

Qarorda Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024-2025 yillarda davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda turizm mahallalarida amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalari uchun 200 milliard so‘m mablag‘larni nazarda tutishi belgilangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari buyurtmachilar bilan birgalikda ushbu qarorga ilovalar bilan tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarga muvofiq, turizm mahallalaridagi infratuzilma loyihalari loyiha-smeta hujjatlarining o‘z vaqtida ishlab chiqilishini va belgilangan muddatlarda ishga tushirilishini ta’minlashi qayd etilgan.

Hukumat qarorida infratuzilma loyihalarining manzilli ro‘yxatdagi obektlarning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan so‘ng ularga ajratilgan mablag‘lar yetishmagan taqdirda, ushbu loyihalar bo‘yicha ularni qurish-ta’mirlash va obodonlashtirish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar buyurtmachilarning takliflari asosida Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlarining qarorlariga asosan tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanishi belgilab qo‘yilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan moliyalashtirish yuzasidan takliflar kiritib borishi ham qayd etilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid