Jahon | 08:16 / 09.03.2023
6128
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina va BMT rahbarlari «g‘alla bitimi»ni uzaytirmoqchi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuvdan so‘ng 18 martdan keyin «g‘alla bitimi»ni uzaytirish muhimligi haqida kelishib oldi. 

Foto: Getty Images

Ikkala siyosatchi ham kelishuvni «dunyo uchun muhim» deb tan oldi

Bitim BMT, Turkiya, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi kelishuv bo‘lib, 2022 yil iyul oyida tuzilgan. Ukraina Rossiya bilan 18 martda tugaydigan bitimni uzaytirish bo‘yicha hali to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarga kirishgani yo‘q.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish 8 martga o‘tar kechasi Kiyevga tashrif bilan bordi. Keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri Kiyevga uchinchi tashrifi chog‘ida BMT rahbari Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashdi. 

Ukraina dunyodagi eng yirik don eksportchilaridan biridir. To‘liq miqyosli bosqin boshlanishidan oldin, Rossiya va Ukraina dunyodagi don eksportining to‘rtdan bir qismini ta’minlagan. O‘tgan yilning aprel oyidan boshlab Yevropa Ittifoqi Ukraina g‘allasini quruqlik, temiryo‘l va daryolar orqali «birdamlik yo‘llari» bilan eksport qilishga ko‘maklashmoqda.

Mavzuga oid