O‘zbekiston | 13:18 / 10.03.2023
5187
1 daqiqa o‘qiladi

Bog‘chalarda «Yagona mavsumiy taomnoma» joriy etiladi

Bog‘chalarda «Yagona mavsumiy taomnoma» joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, davlat dasturida maktabgacha ta’lim tizimida noqonuniy moliyaviy xatti-harakatlar, korrupsiya holatlari va budjet mablag‘larining maqsadsiz sarflanishining oldini olish maqsadida 2023 yil sentabrga qadar 6 412 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida avtomatlashtirilgan tizimni ishga tushirish uchun texnik vositalarni xarid qilish mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini ishga tushirish va xodimlar va tarbiyalanuvchilarning davomati hamda bolalarni ovqatlantirish bilan bog‘liq xarajatlarni elektron hisoblanishini yo‘lga qo‘yish ham ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, bog‘chalarda «Yagona mavsumiy taomnoma»ni joriy etish vazifasi belgilangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid