O‘zbekiston | 00:17 / 10.03.2023
16238
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahri va viloyatida MIB rahbarlari o‘zgardi

Bosh prokuror buyrug‘i bilan yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Orif Raupovich Bozorov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Orif Raupovich Bozorov

U 1979 yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Ish faoliyatini 2004 yilda Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning Navoiy shahar bo‘limi surishtiruvchisi sifatida boshlagan va Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tizimida turli lavozimlarda ishlagan. 2017 yilda MIB Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 2018-2019 yillarda MIB Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. Tayinlovga qadar Orif Bozorov MIB Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Ahrorbek Anvarovich Arziyev

Shuningdek, Ahrorbek Anvarovich Arziyev Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.  

U 1984 yil Andijon viloyatida tug‘ilgan. Ish faoliyatini 2007 yilda Andijon viloyati, Izboskan tumani prokurorining yordamchisi lavozimida ish o‘rganuvchisi vazifasidan boshlagan hamda Andijon viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda ishlagan. So‘ngra, Bosh prokuraturaning boshqarma prokurori va katta prokurori lavozimlarida ish olib borgan. 2019 yildan boshlab, MIB Andijon viloyati boshqarmasida ishini davom ettirib, Byuroning markaziy apparatida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.  

Tayinlovga qadar, Ahrorbek Arziyev MIB Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Mavzuga oid