Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5 daqiqada foizsiz 50 mln kredit yoxud firibgarlarning navbatdagi nayrangi
Telegram messenjerdagi turli kanal va guruhlarda firibgarlarning navbatdagi nayrangi bilan bog‘liq xabarlar paydo bo‘ldi.
«5 daqiqa ichida 0 foiz bilan 50 million so‘mgacha kredit, 36 oy muddatga» ko‘rinishida xabarlar Telegram messenjeridagi kanallar va guruhlar orqali tarqatilayotgani aniqlandi. Bu haqida IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Markaz fuqarolarni bunday mazmundagi xabarlarga ishonmaslikka, havolalarga o‘tib, o‘z ma’lumotlarini kiritmaslikka chaqirgan.
Bu yo‘sindagi xabarlar firibgarlikning bir ko‘rinishi bo‘lib, fuqarolardan yuborilgan havolaga o‘tib, plastik karta ma’lumotlarini kiritishni talab qiladi. Agar ma’lumotlar kiritilsa, firibgarlar soniyalar ichida kartadagi mablag‘larni yechib oladi.
Mavzuga oid
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
21:32 / 02.06.2026
6 viloyatda Janubiy Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
21:05 / 02.06.2026