Bunday e’lonlarda SMS-kodni tasdiqlaş taklif qilinadi. Natija esa ma’lum: pul tuşişi örniga, odamlarning kartasidagi pul yeçib olinadi.

Firibgarlikning yana bir körinişi ommalaşmoqda: “Özbekiston fuqarolariga 1 mln söm miqdorida moddiy yordam” körinişidagi havolani bosiş orqali firibgarlar odamlarni tuzoğiga birinçi qadamni taşlaşga majbur qiladi. Havolaga ötgandan keyin “Yordam oliş” tugmasi çiqadi. Uni bosgandan söng karta raqam, uning amal qiliş muddati va telefon raqami söraladi.
Ma’lumotlar kiritilib, telefonga kelgan kod jönatilsa, firibgarlarga şuning özi kifoya: odamlar firibgarlar tuzoğiga tuşadi. Aldanganlarning köpi SMS-kodni heç kimga bermaganliklarini aytişadi. Lekin ular öz qöllari bilan ekranga yozişganini unutişadi.

Avvalo, pul ötkaziş uçun nega kartaning amal qiliş muddati va telefon raqami söralayotgani şubha uyğotişi kerak. Sababi, pul ötkaziş uçun karta raqami yoki telefon raqamining özi yetarli böladi. Qolaversa, davlat heç kimga şunçaki pul tarqatmaydi. “Faqat karta raqamini kiriting, pulingizni olasiz”, kabi xabarlar esa aldovdan boşqa narsa emas. “Har bir bola uçun oilalarga 785 ming söm miqdorda nafaqa tölaş töğrisida farmon kuçga kirdi”, “Prezident farmoni: barça ota-onalarga 650 ming söm miqdorda moddiy yordam” mazmunidagi xabarlarga aslo işonmaslik kerak.
Ehtiyot böling, firibgarlar tuzoğiga tuşib qolmang!










