VHM rahbari: Rossiya qurolli kuchlari Xersonni o‘qqa tutdi
Rossiya qurolli kuchlari Ukraina janubidagi Xersonni o‘qqa tutdi. Bu haqda Xerson viloyati harbiy ma’muriyati (VHM) rahbari Aleksandr Prokudin Telegram’da yozgan.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Mikolayivskiy shossesida uch kishi halok bo‘lgan, ikki kishi jarohatlangan. Favqulodda xizmatlar voqea joyida ishlayotgani aytiladi.
Mahalliy ommaviy axborot vositalari Telegram’da yonib ketgan avtomobil va uning yonida yotgan jasadlar bilan otishma oqibatlari aks etgan kadrlarni joylashtirdi.
Bundan oldin, fevral oyi oxirlarida ham Rossiya qo‘shinlari Xersonni o‘qqa tutgandi.
Natijada besh kishi halok bo‘lgan, yana 21 kishi jabrlangan. Zarbalar turar joylar, jamoat transporti bekati va muhim infratuzilma obektlariga kelib tushgan.
Mavzuga oid
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
12:07 / 20.11.2024
O‘zbekiston va Rossiya Kaspiy dengizi orqali yangi yo‘nalishlardan foydalanmoqchi
21:03 / 19.11.2024