Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘kadan Salavkiylar sarkardasining noyob ko‘zasi topildi
Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidan Salavkiylar sarkardasining noyob ko‘zasi topildi. Bu haqda Fanlar akademiyasi axborot xizmati xabar berdi.
Bo‘ka tumanidan tuxumsimon 2 ta xum va 2 ta Toshkent vohasining o‘rta asrlarga oid arxeologik yodgorliklariga tegishli ashyolar topilgan.
Ular orasida sirtiga ayol qiyofasi bo‘rttirib gavdalantirilgan toshbaqasimon ko‘za noyobdir. Bunday idish Toshkent viloyatida ilk bor topildi. U qadimgi yunon an’anasiga mos ravishda ishlangan.
Qayd etilishicha, bu qadimgi Choch-Toshkent hududiga salavkiylar sarkardasi Demodamning (miloddan avvalgi III asr) kelishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Idishda yunon ma’budasining tasviri o‘z aksini topgan. Xuddi shunday qiyofa Turkiyada miloddan avvalgi II asrda qurilgan Apollon ibodatxonasida ham bor.
Avvalroq Surxondaryo viloyati Denov tumanida milodiy I-II asrlarga tegishli xum idish topilgani haqida xabar berilgandi.
Xumning tarixiylik ahamiyatini o‘rganish maqsadida Termiz arxeologiya muzeyi va Termiz davlat universiteti tarixchi olimlari tomonidan butunligicha qazib olinib, restavratsiya qilish va o‘rganish ishlarini olib borish maqsadida Termiz arxeologiya muzeyiga olib borilgan.
Mavzuga oid
08:26 / 16.03.2026
Soliq qarzini kechiktirish evaziga pul so‘ragan mansabdor fosh etildi
16:33 / 25.11.2025
Toshkent viloyatining ikki tumaniga yangi hokim tayinlandi
11:25 / 06.11.2025
Sirdaryoda mashina olib qochib, Bo‘kada IIB xodimini pichoqlagan ikki yigit uzoq muddatga qamaldi
09:33 / 25.09.2025