Jahon | 20:11 / 14.03.2023
16205
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 8 mln dollarga Tojikiston chegarasida bozor quradi 

«Andarxon» chegara bozorida ikki davlat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotiladi.  

Foto: So‘g‘d viloyati rahbarligi

13 mart kuni Tojikiston va O‘zbekiston chegarasida «Andarxon» chegara bozori qurilishiga tamal toshi qo‘yildi. Bu haqda Asia-Plus xabar berdi. 

Tadbirda Tojikistonning «So‘g‘d» viloyati rahbari Rajabboy Ahmadzoda boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati rahbari Xayrullo Bozorov, Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi Abdujabbor Rahmonzoda, ikki viloyat tadbirkorlari va ishbilarmonlari ishtirok etdi. 

Xabarga ko‘ra, bozor 8 million dollarga O‘zbekiston hisobidan quriladi. 

«Andarxon» 5 gektar maydonda quriladi. Unda 200 ta do‘kon, bank filiali, restoran va kafe, mehmonxona, logistika markazi bo‘ladi. 

Rejaga ko‘ra u yerda ikki davlat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotiladi. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid