Jahon | 15:56 / 16.03.2023
18579
6 daqiqa o‘qiladi

Baxmut uchun janglar, Xarkivga zarbalar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 385-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Ukraina g‘arblik ittifoqchilaridan Leopard 2 rusumli 150 ta tank qabul qilib oladi, shuningdek britanlarning Challenger 2 rusumli tanklaridan 14 ta va Amerikaning Abrams M1 tanklaridan 31 tasi Kiyev uchun yetkazib beriladi. Harbiy tahlilchilar prognozlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari bahorning ikkinchi qismida qarshi hujum boshlaydi.
  • RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu Pentagon rahbari Lloyd Ostin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi — tomonlar 14 mart kuni Qora dengiz ustida rossiyaliklar qiruvchi samolyoti va amerikaliklar droni to‘qnashib ketgani masalasini muhokama qilgan. RF mudofaa vazirligi suhbat tafsilotlarini keltirmagan. Lloyd Ostin AQSh dronlari «xalqaro huquq ruxsat beradigan barcha hududlarda uchishda davom etajagi»ni bildirgan.
  • The Guardian nashri Ukraina qidiruv otryadi rahbari Oleksiy Yukovga tayanib xabar berishicha, Ukrainadagi rossiyalik harbiylar yo‘qotishlarni yashirish uchun halok bo‘lgan jangchilarining jasadlarini yoqib yubormoqda. Manbaning so‘zlariga ko‘ra, ko‘ngillilar ozod etilgan hududlarda bir necha bor yoqib yuborilgan rossiyalik askarlar jasadlari qoldiqlarini topishgan.
  • Ukrainada tinch aholi vakilini o‘ldirganini tan olgan rossiyalik harbiy Daniil Frolkin Rossiyada armiya to‘g‘risidagi «feyk» uchun olti yil muddatga qamalishi mumkin. Sud 16 mart kuni hukm chiqarishi kutilmoqda. 2022 yil avgustida Frolkin «Vajnyye istorii» nashriga Kiyev oblastidagi Andriyivka qishlog‘ida yashovchilarni o‘ldirganini tan olgandi va tinch aholi vakillarini otishga hukm qilgan komandirlarning nomlarini sanab, ularni javobgarlikka tortishni so‘ragandi. Ukrainada Frolkin urush qonunlari va urf-odatlarini buzishda ayblangan.

Baxmut uchun jang

Amerikadagi Urushlarni o‘rganish instituti (ISW) hisoblashicha, Rossiyaning Baxmutga yurishi kulminatsiyaga yaqinlashmoqda va RF armiyasidan yanada ko‘proq zaxira kuchlarni olib kelish talab etiladi. «Ular bunga erishishlari mumkin, ISW Baxmut va uning atrofida Rossiyaning shu vaqtgacha harbiy harakatlarda deyarli ishtirok etmagan havo-desant polki qismlarini payqadi», — deya aniqlik kiritilgan ISW’ning 15 mart kungi hisobotida.

Ukraina quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni, general Oleksandr Sirskiy Ukraina qurolli kuchlari hamon «raqibning aqlga sig‘mas bosimi»ni to‘xtati burgani, shuningdek «dushman tanklari, BMP, baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari va o‘q-dori omborlarini yo‘q qilayotgani»ni aytdi.

«Rossiyaliklarda o‘q-dorilarni qisqartirish dinamikasi kuzatilmoqda — ular snaryadlarni uzoq regionlardan keltirishmoqda, snaryadlar eskirgani uchun sifati ham yomonlashgan. Biz esa ularning jang maydonidagi artilleriya omborlarini yo‘q qilish ustida doimiy ish olib bormoqdamiz», — degan Ukraina qurolli kuchlari Sharqiy qo‘shinlar guruhi spikeri Sergey Cherevatiy. Rossiya tomoni Baxmut atrofidagi vaziyat yuzasidan izoh bermagan.

Shu bilan birga, Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoning xabar berishicha, shaharda tinch aholi vakillari bo‘lgan uch ming atrofida odam qolishi davom etmoqda, shundan 33 nafari bolalar. Quyida Baxmutning unda qolayotgan va RF yurishini to‘xtatib turgan ukrain harbiylari nazaridagi ko‘rinishi aks etgan suratlar.

Roman Chop / AP / Scanpix / LETA
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy qo‘l granatasini dronga mahkamlamoqda
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainlarning Baxmut atrofidagi yo‘lda harakatlanayotgan T64 tanki
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Xarkiv o‘qqa tutilishi

15 mart kuni Rossiya qo‘shini Xarkivni o‘qqa tutdi. Shahar meri Igor Terexovning aytishicha, raketa kelib tushgan rayonda birorta harbiy yoki boshqa strategik muhim obekt bo‘lmagan. Zarba oqibatida turar joy va gunglar joylashtirilgan internat binosi shikastlangan — zarba vaqtida u yerda bemorlar bo‘lmagan, ammo ishchilar bor edi. Jarohatlanganlar yo‘q.

Sofiia Bobok / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Politsiyachilar raketa zarbasi kelgan joyda
Vyacheslav Madiyevskyy / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Konstantinovkaga zarba oqibatida chiqqan yong‘in

Konstantinovkalik keksa yoshli ayol RF qo‘shinlari tomonidan 15 mart kuni yo‘llangan zarbalar oqibatida yonib ketgan uyi oldida. «RBK-Ukraina» ma’lumotiga ko‘ra, zarbadan keyin shaharni ikkiga ajratib turuvchi Krivoy Torets daryosining sohilidagi temiryo‘l yoqasidagi xususiy sektorda yong‘in chiqqan. Jabrlanganlar haqida xabar berilmagan. Konstantinovka — front yaqinidagi shahar bo‘lib, Donetskdan taxminan 60 kilometr shimolda joylashgan.
Sergey Shestak / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid