15 mart, çorşanba kuni video-konferensiya orqali Ukraina mudofaasi böyiça aloqa guruhining «Ramştayn» formatidagi 10-yiğilişda 40 dan ortiq davlat iştirok etdi. Uning yakunida AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostin Şvetsiya Kiyevga önta Leopard 2 tanki hamda havo hujumidan mudofaa tizimlari topşirişini ma’lum qildi. U qaysi komplekslar haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmadi. Fevral oyida Stokholm Hawk va IRIS-T tizimlari Ukrainaga ötkazilişi haqida xabar bergan edi.

Öz navbatida, Ispaniya Ukrainani qurol-yaroğ, gumanitar yordam va ukrainalik harbiy xizmatçilarni öqitiş orqali qöllab-quvvatlaş majburiyatini yana bir bor tasdiqladi. Yaqin kelajakda Madrid Kiyevga Leopard 2A 4 rusumli oltita jangovar tankni, keyinroq esa yana törttasini jönatadi, dedi mudofaa vaziri Margarita Robles. 14 mart kuni Ispaniya uşbu uskunani boşqaradigan va ularga xizmat körsatadigan 55 nafar ukrainalik harbiy xizmatçilarni tayyorlaşni yakunladi. Bundan taşqari, Ukraina M-113 TOA bronetransportyorlarining yangi partiyasini oladi, deya qöşimça qildi Robles.

Kanada hukumati Kiyevga 8000 ta artilleriya öqlari, şuningdek, havo hujumidan mudofaa tizimlari uçun raketalar yuboradi, deb xabar berdi Ottavadagi Mudofaa vazirligi. Bundan taşqari, Daniya, Germaniya va Niderlandiya tomonidan Ukrainaga topşirilgan Leopard 1 jangovar tanklari uçun 105 mm kalibrli 1800 dan ortiq öquv snaryadlari taqdim etiladi. Kanada avvalroq Ukrainaga 8 ta Leopard 2 tankini taqdim etişini e’lon qilgan va Rossiyaning keng kölamli bosqini boşidan beri Ukrainaga 1 milliard Kanada dollaridan ortiq (730 million AQŞ dollari) harbiy yordam körsatiş majburiyatini olgan.

Şu kuni Daniya hukumati joriy yilda Ukrainaga harbiy va humanitar yordam körsatiş böyiça maxsus jamğarma taşkil etişini ma’lum qildi.Qirollik hukumati parlamentning keng qöllab-quvvatlaşi bilan Ukraina uçun jamğarma yaratiş qaroriga kelişib oldi. Uning umumiy summasi 7 milliard Daniya kronini (taxminan 940 million yevro) taşkil etadi. «Bundan taşqari, 2022 va 2023 yillarda berilgan harbiy xayriya yordamlari bilan boğliq harbiy texnikalarni almaştiriş xarajatlarini qoplaş uçun 2024-2027 yillarda mablağ ajratiladi», — deyiladi xabarda.

Mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov «Ramştayn» uçraşuvi natijalarini dalda beruvçi deb baholadi va «havo hujumidan mudofaa, öq-dorilar ta’minoti, öqitiş va «zirhli muşt» şakllanişiga işora qildi. U Twitter'dagi bayonotida AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostinga, şuningdek, «Kremlga qarşi koalitsiyadagi döstlar»ga «ajoyib yetakçilik», Ukrainani ğalabagaça qöllab-quvvatlaşga tayyorligi uçun minnatdorçilik bildirdi.