Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XVJ va Ukraina 15,6 mlrd dollarlik kredit bo‘yicha kelishib oldi
Ukraina va Xalqaro valuta jamg‘armasi 15,6 milliard dollarlik (taxminan 14,5 milliard yevro) yangi moliyalashtirish paketi bo‘yicha kelishib oldi.
Qo‘llab-quvvatlash dasturi to‘rt yilga mo‘ljallangan, mablag‘lar urushdan keyingi tiklanish sharoitida Ukraina iqtisodiyotining bosqichma-bosqich o‘sishiga hissa qo‘shishi kerak, deyiladi XVJ 21 mart, seshanba kuni e’lon qilingan bayonotda.
Bayonotda aytilishicha, hali XVJ ijro etuvchi kengashi tomonidan tasdiqlanmagan kredit paketi Ukrainani Yevropa Ittifoqiga a’zolik yo‘lida qo‘llab-quvvatlaydi.
Bundan oldin XVJ Ukrainadagi urush tufayli Markaziy Osiyoda kambag‘allar soni 1 millionga ko‘payishini taxmin qilgandi.
Kambag‘allarga eng jiddiy ta’sir ko‘rsatgan pandemiya tufayli bandlikning beqarorlashishi va daromadlar yo‘qotilishiga qo‘shimcha ravishda, Rossiyaning Ukrainadagi urushi va yashash narxining inqirozi Kavkaz hamda Markaziy Osiyoda qashshoqlikni qisqartirish jarayonini sekinlashtirishi mumkin. Bu haqda Xalqaro valuta jamg‘armasining tahliliy hisobotida aytilgan.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026
Solovyov dronlar hujumini tasvirga olganlarni qamashni talab qildi
08:58 / 19.06.2026