O‘zbekiston | 11:31 / 25.03.2023
9075
1 daqiqa o‘qiladi

2 oyda 26 mln dollarlik elektromobillar olib kelindi

O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-fevral oylarida 8 ta xorijiy davlatdan qiymati 26,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 786 dona elektromobil import qilgan.

Foto: Getty Images

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 562 taga oshgan.

O‘zbekiston 2 oyda eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti – 705 ta.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Hongkong – 56 ta;
  • Germaniya – 15 ta;
  • BAA – 5 ta;
  • Koreya – 2 ta.

Avvalroq 2 oyda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni ma’lum qilingandi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-fevral oylarida eng ko‘p Damas avtomobili ishlab chiqarilgan — 9 436 dona.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan avtomobillar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi: Cobalt - 7 673 dona; Lacetti-Gentra - 5 174 dona; Tracker - 1 087 dona; Nexia T-250 - 467 dona; Onix - 112 dona; maxsus yengil avtomobillar - 3 755 dona.

Mavzuga oid