Jahon | 19:30 / 27.03.2023
6978
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon xalqaro aeroporti 1 apreldan vaqtincha yopiladi 

Aeroport qoplamasi rekonstruksiya qilinadi. 

Foto: Uzbekistan Airports

Andijon xalqaro aeroporti 2023 yilning 1 aprel sanasidan boshlab, aerodrom qoplamasi rekonstruksiya qilinishi tufayli aviaparvozlar uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqda Uzbekistan Airports kompaniyasi xabar berdi. 

Rekonstruksiya uchish-qo‘nish yo‘lagi, taksi yo‘laklari va samolyotlar to‘xtash joylaridagi sun’iy qoplamalarni modernizatsiya qilish, shuningdek, yoritish uskunalari, meteorologik va radionavigatsiya qo‘nish tizimlarining yangi tizimini o‘rnatishni nazarda tutadi. 

Rekonstruksiya ishlarining qachon tugatilishi haqida xabarda ma’lumot keltirilmagan. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid