Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Rossiyada WSJ jurnalisti Gershkovich qo‘lga olinganini qoraladi
«Jurnalistlarga o‘z kasbi bilan erkin shug‘ullanishiga ruxsat berilishi kerak, ular himoyaga loyiq», - deydi Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel.
Yevropa Ittifoqi The Wall Street Journal (WSJ) jurnalisti Evan Gershkovichning Rossiyada qo‘lga olinishini qoraladi. Bu bayonotni 30 mart, payshanba kuni kechqurun Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Twitter'da e’lon qildi.
«Jurnalistlarga o‘z kasbi bilan erkin shug‘ullanishiga imkon berish kerak, ular himoyaga loyiq», — deya qo‘shimcha qildi u. Yevropa diplomatiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Evan Gershkovich ishida «Rossiya rasmiylari yana bir bor ommaviy axborot vositalari erkinligiga tizimli ravishda hurmatsizlik ko‘rsatgan».
WSJ muxbirining Yekaterinburgda qo‘lga olingani 30 mart kuni ma’lum bo‘ldi. O‘sha kuni kechqurun Evan Gershkovich «josuslik» ishi bo‘yicha Moskvaning Lefortovo sudi qarori bilan 29 maygacha hibsga olingan. Gershkovich sovuq urush tugaganidan keyin Rossiyada josuslikda ayblanib, hibsga olingan birinchi xorijlik muxbir bo‘ldi.
Federal xavfsizlik xizmati («FSB») muxbir «Rossiya harbiy-sanoat kompleksi korxonalaridan birining faoliyati to‘g‘risida davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni to‘plagani»ni da’vo qilgan. Rossiya Jinoyat kodeksining «josuslik» moddasi 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni nazarda tutadi.
Jurnalist Yekaterinburgga «Vagner» XHK haqida maqola yozish uchun kelgan.
«Aniqlanishicha, Evan Gershkovich Amerika tomonining ko‘rsatmasi bo‘yicha Rossiya harbiy-sanoat kompleksi korxonalaridan birining faoliyatiga oid davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni to‘plagan. Maxfiy ma’lumotlarni olishga urinayotganda, chet ellik fuqaro Yekaterinburgda qo‘lga olindi», — deya «FSB» Jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabaridan iqtibos keltirgan Rossiyaning TASS.
Mavzuga oid
11:55 / 14.03.2026
Saudi Aramco Ukrainadan dronlar sotib olayotgani haqidagi xabarni rad etdi
07:45 / 07.08.2024
Bloomberg Gershkovich haqidagi materialdan keyin muxbirni ishdan bo‘shatdi
17:31 / 19.07.2024
Rossiyada WSJ jurnalisti Evan Gershkovich 16 yilga qamaldi
10:52 / 19.07.2024