Yekaterinburgdagi Sverdlovsk viloyat sudi ikki majlisda Rossiya rasmiylari The Wall Street Journal jurnalisti Evan Gerşkoviçni ayblagan «josuslik» işi böyiça tergovni yakunladi. 18 iyul, payşanba kuni bölib ötgan ikkinçi majlis yana yopiq eşiklar ortida ötkazildi. Tomonlar çiqişi 19 iyulga belgilangan. Itʼs My City Telegram-kanali xabariga köra, xuddi şu kuni prokuratura Gerşkoviçga hukm söraşi mumkin.

Rossiya ommaviy axborot vositalarining yozişiça, sudga «Yagona Rossiya» partiyasidan Sverdlovsk viloyati qonun çiqaruvçi majlisi deputati Vyaçeslav Vegner ham çaqirilgan. Jurnalistlar ta’kidlaşiça, u guvoh sifatida söroq qilingan. Avvalroq Vegner Gerşkoviç undan intervyu olganini, uning davomida odamlarning «Vagner» XHKga munosabati va sanoat korxonalari işi haqida söraganini aytgandi. Sud yopiq eşiklar ortida ötayotgani bois Evan Gerşkoviç işi böyiça aniq qança guvoh söroq qilingani ma’lum emas. 

Gerşkoviç 20 yilga ozodlikdan mahrum etilişi mumkin 

The Wall Street Journal muxbiri Evan Gerşkoviç 2023 yil mart oyida Rossiyada qölga olingan. U Moskvadagi Lefortovo sudi qarori bilan «josuslik» işi böyiça hibsga taşlandi. Gerşkoviç Sovuq uruş tugaganidan keyin Rossiyada şunday ayblovlar bilan hibsga olingan birinçi xorijlik muxbir böldi. 

«FSB» ma’lumotlariga köra, jurnalist «Rossiya harbiy-sanoat kompleksi korxonalaridan birining faoliyati töğrisida davlat sirini taşkil etuvçi ma’lumotlarni töplagan». Gerşkoviçning özi ham, WSJ ham bu ayblovlarni rad etadi, Oq uy esa ularni «bema’ni» deb atadi. Rossiyada jurnalist 20 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin. 

Yekaterinburgda Evan Gerşkoviç işi böyiça birinçi sud majlisi 2024 yil 26 iyunda bölib ötdi. Jurnalist 20 yilgaça qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin.