Rossiyada Amerikaning The Wall Street Journal naşri jurnalisti, josuslikda ayblanayotgan Evan Gerşkoviç 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda jahon axborot agentliklari xabar bermoqda.
 
Avvalroq prokuror Mikael Ozdoyev uni 18 yilga qattiq tartibli koloniyaga ozodlikdan mahrum etişni söragandi, deb xabar berdi 19 iyul, juma kuni "Interfaks" Rossiya davlat agentligi. 66.RU portali, öz navbatida, Gerşkoviç aybini tan olmaganini yozdi. Qayd etilişiça, sud tergovi faqat ikki majlisda davom etgan. Hukm mahalliy vaqt bilan soat 17.00 da e’lon qilindi.

Evan Gerşkoviç işi

The Wall Street Journal muxbiri Evan Gerşkoviç 2023 yil mart oyida Rossiyada qölga olingan. U Moskvadagi Lefortovo sudi qarori bilan "josuslik" işi böyiça hibsga taşlandi. Gerşkoviç Sovuq uruş tugaganidan keyin Rossiyada şunday ayblovlar bilan hibsga olingan birinçi xorijlik muxbir böldi. 

"FSB" ma’lumotlariga köra, jurnalist "Rossiya harbiy-sanoat kompleksi korxonalaridan birining faoliyati töğrisida davlat sirini taşkil etuvçi ma’lumotlarni töplagan". Gerşkoviçning özi ham, WSJ ham bu ayblovlarni rad etadi, Oq uy esa ularni "bema’ni" deb atadi.

Gerşkoviçning ehtimoliy almaştirilişi

Joriy yilning fevral oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan intervyuda amerikalik jurnalist Taker Karlson unga Gerşkoviçni "yaxşi niyat belgisi sifatida" ozod qilişni taklif etdi, şunda Karlson uni Qöşma Ştatlarga olib ketişi mumkin bölardi. Bunga javoban Putinning aytişiça, Rossiya şunçalik köp xayrixohlik körsatganki, u «barça limitni tugatganga öxşaydi». Şunga qaramay, Putin Gerşkoviçni almaşiş variantini rad etmadi. 

The Wall Street Journal 2023 yil sentabrida Putin Rossiya maxsus xizmatlari xodimi ekani aytilayotgan Vadim Krasikovni ozod qilişga şaxsan buyruq berganini yozgan edi. Krasikov Germaniyada çeçen bölginçilarining sobiq dala qömondoni Zelimxon Xanqoşvilini öldirganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.