Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi bojxona postida tirbandliklar kuzatilyapti
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi "G‘ishtko‘prik" bojxona postida tirbandliklar kuzatilmoqda. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasida O‘zbekistonning “G‘ishtko‘prik”, “S.Najimov” va “Navoiy”, Qozog‘istonning “Kazygurt”, “Atameken” va “Qoplonbek” chegara bojxona postlarida qurilish-bunyodkorlik va modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda.
2022 yil 1 dekabrdan “Navoiy” (O‘zbekiston) – “Qoplonbek” (Qozog‘iston) chegara bojxona postlarida yuk va yengil avtotransport vositalari hamda fuqarolar harakati, 2023 yil 15 fevraldan Qozog‘istonga chiqish yo‘nalishida “S.Najimov” (O‘zbekiston) – “Kazygurt” (Qozog‘iston), “Sirdaryo” (O‘zbekiston) – “Atamaken” (Qozog‘iston) o‘tkazish punktlarida yengil avtotransport vositalari hamda fuqarolar harakati vaqtincha cheklangan.
“Natijada, aksariyat fuqarolar va yengil avtotransport vositalari haydovchilari "G‘ishtko‘prik" chegara bojxona posti orqali harakatlanmoqda va tirbandliklar kuzatilmoqda”, deyiladi qo‘mita xabarida.
Ma’lum qilinishicha, hozirda mazkur yo‘nalishda “Yallama” (O‘zbekiston) – “B.Konysbayev” (Qozog‘iston) chegara bojxona posti tun-u kun faoliyat ko‘rsatmoqda.
“Malik” (O‘zbekiston) – “Sirdaryo” (Qozog‘iston), “Oqoltin” (O‘zbekiston) – “Tselinnyy” (Qozog‘iston) chegara o‘tkazish punktlari orqali kunning yorug‘ vaqtida yengil avtotransport vositalarida hamda piyoda holda harakatlanish mumkin.
"G‘ishtko‘prik" (O‘zbekiston) – “Jibek Yo‘li” (Qozog‘iston) chegara bojxona postlari orqali esa piyodalarning harakatlanishi tavsiya qilingan.
Mavzuga oid
08:29 / 15.01.2026
Qozog‘istonda alkogol savdosini cheklash taklif qilindi
10:04 / 14.01.2026
Qozog‘iston nefti eksportiga bog‘liq tankerlar Qora dengizda nishonga olindi
20:37 / 13.01.2026
Qozog‘iston osmonida O‘zbekiston va Rossiya samolyotlari xavfli yaqinlashgani ma’lum bo‘ldi
13:23 / 13.01.2026