Polsha MiG-29 qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga topshirdi
Polsha Ukrainaga va’da qilingan MiG-29 qiruvchi samolyotlarining birinchi partiyasini topshirdi, deb xabar berdi Polsha prezidentining vakili Markin Pshidach RMF FM efirida.
«Mening ma’lumotlarimga ko‘ra, bu jarayon allaqachon yakunlangan, ya’ni bu birinchi qismning topshirilishi. Albatta, kelgusida ehtimoliy yordam va qo‘llab-quvvatlov haqida hali gaplashamiz», - dedi Pshidach.
Varshava aynan nechta samolyot yuborganiga aniqlik kiritilmagan.
Avvalroq Slovakiya ukrainalik harbiylarga dastlabki to‘rtta MiG-29 qiruvchi samolyotini yuborgandi. Bu haqda Slovakiya mudofaa vaziri Yaroslav Nad ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, transportirovka ukrainlik uchuvchilar tomonidan amalga oshirilgan. Samolyotlar Ukraina hududiga yetib borgan.
«Qolgan samolyotlar Ukrainaga yaqin haftalar ichida yetkazib beriladi», — deya qo‘shimcha qilgan Nad va xavfsizlik yuzasidan boshqa tafsilotlarni ochiqlamasligini bildirgan.
Slovakiya Ukraina qurolli kuchlariga jami 13 ta qiruvchi samolyot yetkazib berishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
13:14 / 09.11.2024
Polsha: RF maxsus xizmatlari AQShga reyslarda portlashlar tayyorlagan bo‘lishi mumkin
23:43 / 05.11.2024
Polshada AQSh va Kanada reyslarida terakt uyushtirishni reja qilgan «GRU» agentlari qo‘lga olindi
23:56 / 04.11.2024
Polshada radiostansiya jurnalistlarni ishdan bo‘shatib, sun’iy intellektdan foydalanishga o‘tdi. Bu jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘ldi
14:50 / 04.11.2024