O‘zbekiston | 19:19 / 04.04.2023
10474
1 daqiqa o‘qiladi

DXX Toshkent va Sirdaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayollarni ushladi

Ular 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Foto: Davlat xavfsizlik xizmati

Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda o‘z bolasini sotish holatlariga chek qo‘yildi.

Jumladan, Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tug‘ilgan 36 yoshli ayol shu yilning 3 fevral kuni tug‘ilgan o‘g‘il farzandini 40 ming dollarga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Shuningdek, Sirdaryo viloyatining Oq oltin tumanida yashovchi ayol shu yilning 3 fevral kuni tug‘ilgan qiz farzandini Toshkent shahrida 20 ming dollarga sotishga kelishib, ushbu qiymatdan 11,5 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu modda bilan aybdor deb topilganlar 8 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid