Jahon | 22:23 / 04.04.2023
25414
3 daqiqa o‘qiladi

Londondagi jamoat maskanlarida ro‘zadorlarga iftorlik qilib berilyapti

Londonda bu yil Ramazon o‘zgacha shukuh bilan tashkil qilingan. Shaharning ramzlari bo‘lgan Britaniya kutubxonasi, Trafalgar maydoni va Uembli stadionida har kech iftorlik dasturxoni yozilmoqda. Iftorlikni “Ramazon chodiri” loyihasi volontyorlari tashkil qilyapti.

Musulmon olami uchun Ramazon oyi kirib kelishi bu yil Buyuk Britaniyada ham bayramona kayfiyatda qarshi olindi.

Trafalgar maydoni
Foto: ramadantentproject.com

Buni “Ramazon muborak” yozuvli chiroqlar bilan bezatilgan London ko‘chalaridan ham bilish mumkin.

Foto: BBC
Foto: BBC
Foto: BBC

“Ramazon chodiri” loyihasi doirasida londonlik musulmonlarga iftorlik dasturxonlari yozilyapti. Ro‘zadorlar uchun Britaniya kutubxonasi, Trafalgar maydoni va Uembli stadionida yeguliklar tarqatilyapti.

Loyiha 7 yil oldin bir guruh ko‘ngilli talabalar tomonidan tashkil qilingan. Maqsad uyidan uzoq talabalarga iftorlik qilib berish bo‘lgan. Endilikda bu Britaniyadagi eng katta Ramazon xayriyalaridan biriga aylanib ulgurdi.

Trafalgar maydoni
Foto: Facebook/UK House of Lords
Britaniya kutubxonasi
Foto: aboutislam.net
Volontyorlar
Foto: aboutislam.net
Britaniya kutubxonasi​​​​​​
Foto: aboutislam.net
Britaniya kutubxonasi
Foto: aboutislam.net

“Uembli stadionida iftorlik – Britaniya tarixidagi ilk hodisa. Ro‘zadorlar ochiq osmon ostida og‘iz ochishyapti”, – deydi loyiha asoschisi Umar Salha.

“Ramazon chodiri” tashkilotchilarini London meri Sodiq Xon ham qo‘llab-quvvatlaydi. U iftorlik oldidan musulmonlar bilan uchrashib, loyihaga xayrixohligini bildirgan.

“Ramazon chodiri” loyihasi asoschisi Umar Salha
Foto: Arab News
London meri Sodiq Xon
Foto: Twitter/SadiqKhan

“Dunyoda dinlar orasida nizo chiqaradiganlar bor. “Ramazon chodiri” esa islom haqidagi yomon gumonlarni yo‘q qilishga yordam beradi”, – degan u.

Uembli stadioni
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Uembli stadioni
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Зуҳра Абдуҳалимова
Tayyorlagan Зуҳра Абдуҳалимова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid