Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urgutda uch yashar bola ariqqa tushib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
Kecha, 3 aprel kuni Samarqand viloyati Urgut tumani Guliston mahallasida yashovchi uch yoshli bola uyining oldidan o‘tgan ichki ariq (lotok)ka tushib ketgan.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bolani ariqdagi suv oqimi uzoqroq joyga oqizib ketgan va uni mahalliy aholi vakillari chiqarib olgan. Tez tibbiy yordam ko‘rsatganiga qaramay, bola vafot etgan.
Bolaning o‘limi holati yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda kuchli yog‘ingarchilik tufayli yuzaga kelgan sel bolani oqizib ketgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Voqea sodir bo‘lgan kuni yog‘ingarchilik darajasi 12-13 mmni tashkil qilgan, dedi boshqarma vakili.
Mavzuga oid
12:22 / 22.01.2026
Urgutdagi bino buzilishiga Madaniy meros boshqarmasi va hokimlik izoh berdi
11:51 / 18.12.2025
"Bu - birlamchi tibbiy xizmat tizimidagi katta muammolarning aksi" - Saida Mirziyoyeva Urgutdagi oilaviy poliklinikada bo‘ldi
12:00 / 04.12.2025
Samarqanddan Urgutga poyezd harakatlanmoqda - bu iqtisodiyotga qanday ta’sir qiladi?
16:11 / 27.11.2025