Jahon | 16:01 / 04.04.2023
18492
9 daqiqa o‘qiladi

Yagidnedagi «o‘lim yerto‘lasi», Baxmut atrofidagi harbiylar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 404-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Peterburgda «voyenkor» Vladlen Tatarskiy halok bo‘lgan va yana 33 kishi yaralangan kafedagi portlashga aloqadorlikda gumon qilinayotgan Darya Trepova qo‘lga olindi. Tergov qo‘mitasi ishni qayta kvalifikatsiyaladi va hodisani terakt deb baholadi.
  • Milliy aksilterror qo‘mitasi Tatarskiyning qotilligi «ukrain maxsus xizmatlari tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurash fondi xodimlarini jalb etish» orqali rejalashtirilganini ma’lum qilgan. Fond vakillari ham, Kiyev ham buni rad etdi.
  • Vladimir Putin Tatarskiyni o‘limidan keyin Jasorat ordeni bilan taqdirladi.
  • Yevgeniy Prigojin Baxmut «yuridik jihatdan» egallangani haqida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Vagner» XHK yollanma jangchilari shahar ma’muriyati binosi ustida Rossiya bayrog‘ini ko‘tarishgan. Ukraina tomoni va «DXR» rahbari Denis Pushilin Baxmut markazi uchun janglar davom etayotganini bildirgan.
  • Anneksiya qilingan Melitopolda avtomobil portlashi oqibatida rossiyaparast mulozim — Akimovka posyolkasining Kreml tomonidan tayinlangan rahbari Maksim Zubarev jarohat olgan.
  • Bryansk oblastining Sevskiy rayonida harbiy komissariat binosi va IIV boshqarmasiga ikkita dron hujum uyushtirdi. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.

Yagidne qishlog‘i ozod etilganidan bir yil o‘tib

Yagidne qishlog‘i Chernihivdan 15 kilometr janubda, Kiyevdan taxminan 130 kilometr shimoli-sharqda joylashgan. Bosqinga qadar Yagidneda 400 nafar atrofida kishi yashagan. Rossiya qo‘shini Yagidneni 2022 yil 1 mart kuni bosib olgan — bir oy o‘tib, RF armiyasi Kiyev va Chernihiv oblastlaridan chekingach, Ukraina qurolli kuchlari uni ozod etishgan. Okkupatsiyaning butun davrida rossiyaliklar qishloq aholisi vakillari bo‘lgan 360 nafardan ortiq kishini mahalliy maktab yerto‘lasida saqlashgan, ular orasida 70 nafar atrofida yosh bola bo‘lgan: yerto‘ladagilarning 12 nafari shu yerda vafot etgan, shuningdek, qishloqning o‘zida yana 17 kishi o‘ldirilgan.

Ukraina hukumati Yagidneda tinch aholi vakiliga qarshi jinoyatlarda RF armiyasining 55-alohida motoo‘qchilar brigadasini ayblagan. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov BBC uchun bergan intervyusida Yagidnedagi yerto‘la haqidagi xabarlarni «G‘arb tomonidan tarqatilgan feyk» deb atagan.

Yagidne qishlog‘i ozod etilganiga bir yil to‘lgan kunda bu yerga prezident Volodimir Zelenskiy tashrif buyurdi. «Mahalliy aholi vakillari, katta yoshlilar ham, bolalar ham bu yerda qiynoqlarga solingan. Men ularga tirik qolganlari, bizning jangchilarimizni kutishgani, Rossiya, rossiyalik harbiylar olib kelgan fojia haqida butun dunyoga gapira olganliklari uchun katta rahmat aytaman», dedi Ukraina prezidenti va «Rossiya prezidentiga umrining qolgan qismini yerto‘lada, hojatxona o‘rniga chelakdan foydalangan holda o‘tkazish»ni tiladi.

Quyida Yagidneda Rossiya qo‘shinlari chekinganidan bir yil o‘tgandagi vaziyat aks etgan suratlar.

Yagidneda yashovchi 63 yoshli Ivan Polguy maktab yerto‘lasida, rossiyalik harbiylar qariyb bir oy davomida qishloq aholisini shu yerda tutib turishgan.
Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA
Yagidnedagi «o‘lim yerto‘lasi» devorlarida bolalar chizgan suratlar
Alina Yarysh / Reuters / Scanpix / LETA
Sobiq maktab o‘qituvchisi Valentina Yagidnedagi yerto‘lada
Alina Yarysh / Reuters / Scanpix / LETA
Yagidnedagi maktab yerto‘lasi
Volodymyr Tarasov / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Baxmut atrofidagi ukrain shifokorlari

Fevral oyidayoq ko‘plab harbiy ekspertlar Ukraina qurolli kuchlari Donetsk oblastining Baxmut shahridan chekinishini taxmin qilgan bo‘lsa-da, shahar uchun janglar davom etmoqda. Amerikadagi Urushlarni o‘rganish instituti (ISW) navbatdagi hisobotida «Vagner» XHK yollanma jangchilari katta ehtimol bilan shahar ma’muriyati binosini egallagani va shaharning markaziy qismiga yurishda davom etayotganini ma’lum qilgan.

Baxmut «yuridik jihatdan» egallangani haqida 2 aprel kuni XHK rahbari Yevgeniy Prigojin xabar qilgandi. Ukraina bu ma’lumotni rad etdi. Ukraina QK sharqiy qo‘shinlar guruhi rasmiy vakili Sergey Cherevatiy rossiyalik harbiylar «hech narsani egallamagani, yumshoq qilib aytganda, ular bundan juda uzoqdaligi»ni aytgan. Shahar markazi uchun janglar davom etayotgani haqida «DXR» rahbari Denis Pushilin ham tasdiqlagan.

Ukraina qurolli kuchlari shifokorlari Baxmut atrofida yarador ukrain askariga yordam ko‘rsatmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrain harbiy shifokorlari yarador jangchini oldingi chiziqdan dala hospitaliga olib ketmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina QK harbiy vrachi va jangchisi Baxmut atrofidagi dala hospitalida
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Avdiyivkadagi hayot

Avdiyivka — Donetsk atrofidagi shahar bo‘lib, 2014 yildan buyon front chizig‘i ushbu shahardan o‘tadi. 2023 yil mart oyi oxirida Avdiyivka Baxmut bilan birgalikda frontning eng qaynoq nuqtasiga aylandi.

RF mudofaa vazirligi so‘nggi hisobotlarida Avdiyivkadagi vaziyat bo‘yicha izoh bermagan, Ukraina tomoni esa Rossiya qo‘shinlari Ukraina qurolli kuchlari pozitsiyalariga muntazam ravishda hujum qilayotgani va «jiddiy yo‘qotishlar»ga uchrayotganini tasdiqlagan. Bundan tashqari, Ukraina qo‘mondonligi ma’lumotiga ko‘ra, RF armiyasiga Avdiyivka yo‘nalishida harbiy texnikalar yetishmayapti — «ularda shturm qilish uchun o‘q-dorilar qo‘llashda «diyeta» fursati keldi», deya qayd etgan Tavr yo‘nalishi mudofaa kuchlari birlashgan matbuot markazi rahbari Oleksiy Dmitrashkovskiy.

Quyida Avdiyivkadagi vaziyat aks etgan suratlar.

Vayron bo‘lgan ko‘p kvartirali uy fonidagi kuchuk
Andre Luis Alves / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
«Yengilmas punkti»da suv chiqarayotgan ko‘ngilli — Ukrainada odamlar isinishi, texnikalarni quvvatlab olishi, mobil aloqadan foydalanishi va suv olishi uchun maxsus jihozlangan joylarni shunday atashadi.
Andre Luis Alves / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Avdiyivkadagi ko‘chalardan biri
Andre Luis Alves / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Avdiyivkalik ayol humanitar yordam solingan paketlar bilan
Andre Luis Alves / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Avdiyivkadagi bombapanagohga kirish joyi
Andre Luis Alves / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Horlivka o‘qqa tutilishi oqibatlari 

Donetsk oblastining okkupatsiya ostidagi Horlivka shahrida yashovchi 64 yoshli Galina Slepko 2 aprel kuni kechqurun ukrainlar raketasi kelib tushgan kvartirasida. Shahar meri Ivan Prixodkoga ko‘ra, shaharga zarba oqibatida bir ayol tan jarohati olgan.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid