Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda IIV xodimini o‘ldirgan shaxslarga nisbatan sud hukmi o‘qildi
Foto: Kun.uz
2022 yilning 29 sentabr kuni O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi boshqarmalaridan birining tezkor xodimi o‘zaro kelishmovchilik oqibatida bir guruh shaxslar tomonidan o‘ldirilgan. Qotillikdan keyin jasad Chirchiq daryosiga tashlangan.
Toshkent shahar sudiga ko‘ra, Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi uch nafar shaxsga nisbatan quyidagi hukm chiqargan:
- 36 yoshli sudlanuvchi JK 28-modda orqali 97-modda (Qotillikka sheriklik) bilan aybdor deb topilib, 23 yilga ozodlikdan mahrum etildi;
- 37 yoshli erkak JK 97- (qotillik), 164- (talonchilik) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan aybdor deb topildi. U 24 yil qamoq jazosiga hukm qilindi;
– 39 yoshli sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97- va 164-moddalari bilan o‘ta xavfli retsidivist deb topilib, 24 yil-u bir oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil oktyabr oyi boshida O‘zbekistonda Ichki ishlar vazirligi xodimi o‘ldirilgani va jasadi daryoga tashlanganligi ma’lum bo‘lgan edi.
Shundan so‘ng Bosh prokuratura matbuot xizmati 29 sentabr kuni janjal va kelishmovchilik oqibatida Ichki ishlar vazirligi boshqarmalaridan birining tezkor xodimi ikki erkak tomonidan o‘ldirilgani haqida xabar berdi. Qotillikdan keyin jasad Chirchiq daryosiga tashlangan.
Qidiruv chog‘ida Ichki ishlar vazirligi xodimining jasadi daryodan topilgan. Yuqoridagi holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
19:53 / 16.01.2026
Taftish.uz saytining 5 xodimi qo‘lga olindi. Ular tovlamachilik va firibgarlik jinoyatlarida ayblanmoqda
15:35 / 10.01.2026
Molxonaga ko‘milgan seyf, tundagi yong‘in va uch qurbon – Dang‘aradagi mudhish qotillik
09:00 / 28.12.2025
2026 yilgi rejalar, yangi gaz koni va budjetning yopiq muhokamasi - hafta dayjesti
12:46 / 26.12.2025