Jahon | 21:29 / 06.04.2023
15331
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada ko‘proq o‘zbekistonliklar ishga qabul qilinayotgani ma’lum bo‘ldi 

Shuningdek, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham ko‘proq yollanmoqda. 

Foto: Stanislav Krasilnikov/ TASS

Rossiyadagi har oltinchi ish beruvchi mehnat migrantlarini yollamoqda. Bu haqda Headhunter tadqiqotiga tayanib TASS xabar berdi. 

So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 16 foizi mehnat migrantlarini ishga qabul qilgan. 76 foiz hollarda bunday ish beruvchilar oyiga 10 kishigacha yollamoqda. Kompaniyalarning 13 foizi 20 nafargacha xorijlik ishchini qabul qilishga tayyor. 

Qayd etilishicha, rossiyalik ish beruvchilar ko‘pincha O‘zbekiston (56 foiz), Tojikiston (55 foiz) va Qirg‘iziston (53 foiz) fuqarolarini ishga olyapti. 

Avvalroq, so‘nggi olti oy ichida ko‘pchilik ish beruvchilar xodimlarni bir yarim baravar ko‘proq izlay boshlagani xabar qilingandi. 

Ta’lim va fan, shuningdek, tibbiyot va energetika sohalaridagi kompaniyalar xodimlarining yetishmovchiligiga duch kelgan. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid