O‘zbekiston | 11:51 / 07.04.2023
6782
1 daqiqa o‘qiladi

Banklarning ustav kapitali miqdori oshirilyapti

Senat yalpi majlisida “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Foto: Senat.uz

Qonun bilan banklar ustav kapitali miqdorini 2023 yil 1 sentabrdan boshlab 2025 yilning 1 yanvarigacha bosqichma-bosqich 100 milliard so‘mdan 500 milliard so‘mgacha oshirib borish to‘g‘risidagi talablarni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Qonunga ko‘ra norezidentlar tomonidan banklar aksiyalarini olishga nisbatan cheklovlar qisman bekor qilinmoqda. Xalqaro bozorlarda ommaviy joylashtirilgan aksiyalarni sotib olish soddalashtirilmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Mavzuga oid