O‘zbekiston | 17:17 / 07.04.2023
7532
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda motosayyohlarning yurishi munosabati bilan ayrim ko‘chalar yopiladi

Toshkent shahrida 8 aprel kuni 20-motomavsum ochilishi o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan motosayyohlarning tantanali yurishi bo‘lib o‘tadi va poytaxtdagi bir necha ko‘chalar soat 12:00 dan 13:00 gacha yopiladi.

Ko‘chalar ro‘yxati:

  • Cho‘ponota ko‘chasi yaqinidagi avtoturargohdan Yetti terak ko‘chasi bo‘ylab O‘zbekiston shohko‘chasi bilan kesishmasigacha;
  • Yetti terak ko‘chasining O‘zbekiston shohko‘chasi bilan kesishmasidan shohko‘chaning Buxoro ko‘chasi kesishmasigacha (Kosmonavtlar metro bekati);
  • Buxoro ko‘chasi Kosmonavtlar metro bekatidan Alisher Navoiy ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
  • Alisher Navoiy ko‘chasi - Buxoro ko‘chasidan Furqat ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
  • Furqat ko‘chasi - Alisher Navoiy ko‘chasidan Bunyodkor shohko‘chasi bilan kesishmasigacha;
  • Furqat ko‘chasining Bunyodkor shohko‘chasi bilan kesishmasidan «Milliy» stadionining asosiy kirish qismi oldidagi maydonchagacha.

Haydovchilarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid