O‘zbekiston | 12:44 / 07.04.2023
7109
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ShHT aksilterror tuzilmasi majlisi boshlandi

Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Uchrashuv delegatsiyalar rahbarlarining ShHT MATT bog‘iga ko‘chat o‘tqazishi bilan boshlandi. Marosim tashkilotga a’zo mamlakatlarning taraqqiyot va farovonlik yo‘lidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va mushtarak intilishlari ramzini ifoda etdi.

Yig‘ilishga Qozog‘iston raislik qilmoqda. Uning ishida Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston vakolatli organlari hamda ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi delegatsiyalari ishtirok etmoqda.

Uchrashuvda tomonlar mintaqaviy xavfsizlik holatini ko‘rib chiqish, ShHT makonida terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi mavjud vaziyatni muhokama qilishni hamda ShHTga a’zo davlatlarning vakolatli organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik darajasi, xalqaro terroristik tashkilotlarning zamonaviy xatar va xavfsizlikka tahdidlariga javob berish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni belgilab olish yuzasidan fikr almashishni rejalashtirgan. 

ShHT MATT kengashining avvalgi yig‘ilishi 2022 yil 14 oktabr kuni Nyu-Dehli shahrida Hindiston raisligida bo‘lib o‘tgan edi.

Mavzuga oid