Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida otishma: yetti kishi halok bo‘ldi
Armaniston va Ozarboyjon chegarasida otishma sodir bo‘ldi, natijada ikki tomondan kamida yetti nafar harbiy halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda ikki davlat mudofaa vazirliklari. Mojaro tomonlari bir-birini provokatsiyada ayblamoqda.
Ozarboyjon va Armaniston chegarasida 11 aprel kuni tushdan keyin otishma yuz berdi, deb xabar qildi ikki davlat mudofaa vazirliklari. Ozarboyjon tomoni o‘zining uch nafar harbiy xizmatchisi, Armaniston Mudofaa vazirligi – to‘rt nafar askar halok bo‘lganini va olti nafari yaralanganini ma’lum qildi. Shu ma’lumotlarga ko‘ra, ulardan uch nafarining ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir darajada.
Har bir tomon ikkinchisini birinchi bo‘lib o‘t ochganlikda aybladi. Yerevanning iddao qilishicha, arman harbiylari Ozarboyjonning Lochin shahri yaqinida, Armaniston hududidagi Tex qishlog‘i yaqinida o‘qqa tutilgan. Boku, o‘z navbatida, Armaniston armiyasini Lochin yaqinidagi Ozarboyjon pozitsiyalarini qurollardan intensiv o‘qqa tutganlikda aybladi.
11 aprel kuni kechki payt Armaniston Mudofaa vazirligi otishma bo‘lgan hududdagi vaziyatni «nisbatan barqaror» deb baholadi.
Otishma Armanistonni Ozarboyjonning xalqaro tan olingan hududiga kiruvchi armanlar yashovchi Tog‘li Qorabog‘ bilan bog‘laydigan yagona yo‘l bo‘lgan Lochin yo‘lagidan bir necha kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan. Yo‘lakning o‘zi ham, Armaniston anklavini ham Rossiya tinchlikparvar kuchlari nazorat qiladi.
Oxirgi oylarda Yerevan bir necha bor Bokuni humanitar falokatga olib kelishi mumkin bo‘lgan yo‘lak blokadasida aybladi. Mart oyi oxirida tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi Ozarboyjon Qurolli kuchlarini Lochin yo‘lagidagi qo‘shma chegarani buzganlikda aybladi. Boku Armanistondan «inson kuchi, o‘q-dorilar, minalar va boshqa harbiy texnika» olib o‘tilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rayotganini aytdi.
Mavzuga oid
22:20 / 08.11.2024
Qorabog‘ safari: Jafokash Fuzuliy va yangilanayotgan Zangilon
15:58 / 01.11.2024
Ozarboyjonga safar: Kavkaz Hirosimasiga aylangan Ag‘dam
18:47 / 29.10.2024
Xalqaro yirik iqlim sammiti Ozarboyjonda o‘tadi: COP29’dan nimalar kutilyapti?
11:20 / 23.10.2024