Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gubernator Ussning o‘g‘liga Italiyadan qochishga «opergruppa» yordam bergan - OAV
Italiyalik tergovchilar Krasnoyarsk gubernatori o‘g‘liga yordam bergan 4-5 kishini aniqladi. Italiya rasmiylari Ussning qochib ketishiga Rossiya maxsus xizmatlarining aloqadorligini tekshirmoqda, deb xabar berdi La Repubblica.
Italiyalik tergovchilar Krasnoyarsk gubernatori Artem Ussning o‘g‘liga Milanda uy qamog‘idan qochishga yordam bergan 4-5 kishining shaxsini aniqladi, deb yozadi 12 aprel, chorshanba kuni La Repubblica gazetasi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ussning qochishida kamida o‘n kishi bo‘lgan «opergruppa» ishtirok etgan. Tergovchilarning fikricha, operatsiyaning o‘zida olti yoki yetti nafar ishtirokchi bo‘lgan.
Tergovga ma’lum bo‘lishicha, bu odamlar Ussga bir necha soat ichida Milandan Italiyaning Triyest shahriga yetib borishiga yordam berishgan va yo‘lda bir nechta mashinani almashtirgan. U yerda Uss soxta hujjatlar yordamida Sloveniya chegarasini kesib o‘tgan, shundan so‘ng Serbiyaga ketgan va u yerdan Rossiyaga uchib ketgan.
2022 yil 17 oktyabrda Artem Uss Turkiyaga uchib ketmoqchi bo‘lgan Milan aeroportida AQSh tomonidan hibsga olish orderi asosida ushlangan edi. Amerika rasmiylari Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori o‘g‘lini sanksiyalarni buzish va pul yuvishda aybdor deb hisoblayapti.
2022 yil 28 oktyabrda Moskvaning Meshchanskiy sudi Artem Ussni uyushgan jinoiy guruh tarkibida pul yuvish bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ish doirasida sirtdan hibsga oldi. Rossiya hukumati uning ekstraditsiyasini talab qilishini bildirdi.
21 mart kuni Milan apellyatsiya sudi kichik Ussni AQShga ekstraditsiya qilishni ma’qulladi. Ertasi kuni Italiyaning La Stampa gazetasi o‘sha paytda uy qamog‘ida bo‘lgan erkak elektron bilaguzugini sindirib, Milan chekkasidagi ijaraga olgan kvartirasini tashlab ketgani haqida xabar berdi.
Mavzuga oid
08:53 / 07.07.2026
Sardiniyada ish, 5 ming yevrogacha maosh: shifokorlar uchun qabul boshlandi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026