Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Ko‘p yillar ta’limga e’tibor berilmadi” – jurnalist Gulnoza Husanova
Toshkent shahridagi 134-maktabda referendum targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur maktabning sobiq o‘quvchisi, «O‘zreport» telekanali bosh muharriri Gulnoza Husanova so‘zga chiqib, ta’lim sohasidagi kechagi kun muammolari va bugungi o‘zgarishlari haqida fikr bildirdi.
Ochilishida Sharof Rashidov ishtirok etgan mazkur ta’lim muassasasi Toshkent shahridagi eng katta maktablardan biri hisoblanadi. Jurnalist o‘z so‘zida bu ta’lim dargohi u uchun juda qadrli ekanini ta’kidlab o‘tdi.
“Men mana shu mahallada katta bo‘lganman, 1982 yilda shu maktabning 1-sinfiga o‘qishga kelganman. Hozir maktabimni, sinf xonalarni aylanib chiqdim. Avvalgi sinf xonalari bilan hozirgilarining farqi katta.
Kasbim taqozosi bilan juda ko‘p xorijiy davlatlarda bo‘laman. Qayerga borsam u yerdagi narsalarni o‘zimizniki bilan taqqoslayman. Nega rivojlangan davlatlarda bunaqa, bizda esa unaqa, nega bularning yo‘llari zo‘r, bizniki unchalik emas, degan savollar o‘ylantiradi. Va har doim o‘zimning savolimga o‘zim javob topaman. Chunki bizlar ko‘p yillar mobaynida maktab ta’limiga e’tibor qilmadik: viloyatlarda o‘qituvchilar, o‘quvchilar paxta dalasida bo‘ldi. O‘sha muammolarning aks-sadosini mana bugungi kunda ham ko‘ryapmiz. Hozir endi ta’lim rivojlanyapti, e’tibor qaratilyapti.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 50-moddasi haqida to‘xtalib o‘tsam. Mazkur moddada har bir fuqaro ta’lim olish huquqiga egaligi belgilab qo‘yilgan. Bu amaldagi Konstitutsiyada ham bor. Lekin yangi tahrirdagi Konstitutsiyada davlat uzluksiz ta’lim tizimi rivojlanishini ta’minlashi belgilab qo‘yilmoqda. Bu nima degani? Ta’lim faqat maktab degani emas. Ta’lim aslida bog‘chadan boshlanadi. Bizda aynan shundan boshlab rivojlanish ketyapti. Masalan, avvallari respublikada 5 mingta bog‘cha bo‘lgan bo‘lsa, hozirda ular soni 29 mingta bo‘ldi. 2030 yilga borib, bolalarning bog‘chaga qamrovi 80 foizdan oshiriladi. Buning uchun bizlarga Konstitutsiyaning 50-moddasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar kerak.
Meni juda xursand qiladigan yana bir narsa shuki, yangi darsliklar yaratildi. Bu yangi avlod darsliklari aynan mana shu bizning maktabda sinovdan o‘tkazildi. Bu men uchun faxr”, — dedi Gulnoza Husanova.
Jurnalist referendumda ishtirok etish orqali yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi hamda jamoatchilikni ham konstitutsiyaviy islohotlarga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi.
Mavzuga oid
08:25 / 06.06.2026
Toshkentda uyni ikki marta sotgan aka-ukaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
08:49 / 04.06.2026
Toshkentda 40 ta zamonaviy AYoQSh qurish rejalashtirilmoqda
08:38 / 26.05.2026
Toshkentda yangi pulli magistral yo‘l qurilishi mumkin
15:32 / 25.05.2026