Germaniya Polshaga MiG-29'ni Ukrainaga topshirishga ruxsat berdi
Germaniya hukumati Polshaga Ukrainaga beshta MiG-29 qiruvchi samolyotini yetkazib berishga ruxsat berdi.
Avvalroq Polsha tomoni Germaniyadan tegishli ruxsat so‘ragan edi, sababi samolyot ilgari Varshavaga sobiq GDR arsenalidan o‘tkazilgan edi.
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorus bu qarorni olqishladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu «Germaniyaga tayanish mumkin» ekanligini ko‘rsatadi.
Avvalroq Polsha prezidenti Anjyey Duda Varshava Kiyevga jami 14 ta MiG-29 qiruvchi samolyotini yetkazib berishini ma’lum qilgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘rtta MiG-29 allaqachon Ukraina Qurolli kuchlariga topshirilgan, yana to‘rtta qiruvchi samolyotni yetkazib berish jarayoni davom etmoqda.
Keyinchalik Polsha Ukrainaga yana oltita jangovar samolyot yuborishga tayyorligi aytilgan. «Biz ularni yaqin kelajakda yetkazib berish mumkin deb o‘ylaymiz», - deya qo‘shimcha qilgandi Duda.
Mavzuga oid
20:26 / 12.11.2024
Germaniya bundestagida muddatidan oldin o‘tkaziladigan saylovlar sanasi ma’lum bo‘ldi
18:09 / 12.11.2024
Polsha Bosh shtabi boshlig‘i Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
07:50 / 12.11.2024
Germaniyada Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlash pasaymoqda
20:57 / 11.11.2024