Jahon | 13:33 / 14.04.2023
4612
2 daqiqa o‘qiladi

Moldovada rossiyaparast «Shor» partiyasi rahbari 15 yilga qamaldi

Moldovalik qochoq tadbirkor «milliardni o‘g‘irlash»da ayblanib sudlanmoqda. Sud qaroriga ko‘ra, «Shor» Moldova davlat budjetiga deyarli 5,3 milliard leyani qaytarishi kerak.

Ilan Shor / Foto: EPA-EFE

Moldova poytaxti Kishinyov sudi qochoq tadbirkor va rossiyaparast muxolifatdagi «Shor» partiyasi yetakchisi Ilan Shorni sirtdan 15 yillik qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar berdi Moldova prezidenti Mayya Sandu payshanba, 13 aprel kuni o‘zining Facebook’dagi sahifasida. «Ilan Shor milliardni o‘g‘irlagani uchun 15 yil qamoqda o‘tadi va uning mol-mulki musodara qilinadi, Apellyatsiya sudi shunday qaror qildi», deb yozadi u.

Hukmni Kishinyov apellyatsiya sudi ham tasdiqlagan. «Shor 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Mahkum 5,2 milliard leyadan ortiq (taxminan 288 million dollar) qaytarishi kerak», deyiladi uning saytida.

Shorning o‘zi bu qarorni noqonuniy deb atadi. «Bugungi qaror bilan rasmiylar mendan norozilik harakati, jamoam va men fuqarolarning munosib hayot kechirishi uchun kurashayotganim uchun qasos olmoqda. Bu qaror meni umuman bezovta qilmaydi, bu menga umuman muhim emas. Men bo‘ysunmayman, bu qaror amaldagi rejim o‘zgarganidan keyin ikkinchi kuni bekor qilinadi», — dedi Shor o‘zining Telegram-kanalida.

Shor Moldova bank tizimidan respublikada «asr o‘g‘riligi» deb atalgan 1 milliard dollarni olib chiqib ketish bilan bog‘liq mojaroda ayblanuvchilardan biri. U 2015 yilda avj oldi, Kishinyovda noroziliklarni keltirib chiqardi va ikki hukumat hamda AQSh va YeIni qo‘llab-quvvatlagan yevropaparast partiyalar hukmron koalitsiyasining qulashiga sabab bo‘ldi. Kishinyovda rasmiylar norozilik namoyishlarini Rossiyaning Moldova hukumatini ag‘darib, uning o‘rniga rossiyaparast hukumat qurish rejasining bir qismi deb atadi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid