Jahon | 12:37 / 14.04.2023
3751
2 daqiqa o‘qiladi

YeI Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi ustida ishlayapti

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 11-sanksiya paketi ustida ishlamoqda. Bu haqda CNBC telekanaliga bergan intervyusida Moliyaviy barqarorlik va xizmatlar bo‘yicha Yevropa komissiyasi a’zosi Meyrid MakGinnes ma’lum qildi. 

Foto: Reuters

Uning ta’kidlashicha, bu allaqachon kiritilgan cheklovlarni chetlab o‘tishga urinishlarga qarshi kurashishga qaratilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, paket boshqa cheklovlarni ham o‘z ichiga oladi.

Avvalroq Qo‘shma Shtatlar Rossiya va boshqa davlatlardan 34 nafar jismoniy va 120 tadan ortiq yuridik shaxslarga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Tegishli ro‘yxat 12 aprel kuni AQSh Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilindi. U, jumladan, Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi korxonalarni o‘z ichiga oladi.

Ulardan biri «Rusatom Oversiz» AJ bo‘lib, u o‘z veb-saytida ta’kidlanganidek, «Rosatom»ning yadroviy texnologiyalar sohasida, shu jumladan vodorod energetikasi sohasidagi noenergetik yechimlari liniyasini xalqaro bozorga targ‘ib qilish» uchun javobgardir. «Rusatom Oversiz» prezidenti Yevgeniy Pakermanov ham AQShning yangi sanksiyalari ostida qoldi.

«Rusatom Oversiz»dan tashqari, AQSh Moliya vazirligi ro‘yxatiga atom stansiyalarining reaktor uskunalarini o‘rnatish, ta’mirlash va demontaj qilish texnologiyalarini ishlab chiqadigan «Nauchno-issledovatelskiy i konstruktorskiy institut montajnoy texnologii - ATOMSTROY» AJ, shuningdek, Kovrov mexanika zavodi va VPO «Tochmash» ham kiradi. Ular uranni boyitish uchun sentrifugalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Mavzuga oid