Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Luhansk va Sumi oblastlariga yangi rahbarlar tayinladi
Luhansk oblasti rahbari Sergey Gayday Ukrainaning Qozog‘istondagi elchisi bo‘lib ketgan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Luhansk va Sumi oblastlari rahbarlarini tayinlash to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi.
Volodimir Artyux Sumi oblasti harbiy ma’muriyati rahbari, Artyom Lisogor esa Luhansk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari bo‘ldi.
Artyux 2022 yil avgust oyida 1-darajali xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan, Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosarigacha bo‘lgan qo‘mondonlik lavozimlarida ishlagan, o‘tgan yoz oxirida u Vinnitsa oblasti harbiy ma’muriyati boshlig‘i maslahatchisi bo‘lgan.
Lisogor Jitomir oblasti Milliy politsiyasi bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lgan, 2021 yil oktyabridan 2022 yil iyunigacha Milliy politsiya bo‘linmalarining kuchlari va vositalarini jalb qilish bo‘yicha Birlashgan kuchlar qo‘mondoni o‘rinbosari vazifalarini bajarish uchun yuborilgan.
2019 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Sergey Gayday 2023 yil martida oblast harbiy ma’muriyati rahbari lavozimini tark etgandi. U endilikda Ukrainaning Qozog‘istondagi elchisi lavozimini egallagan.
Sumi oblasti sobiq rahbari Dmitro Jivitskiy esa 2023 yil yanvaridagi iste’folar to‘lqinida ishdan bo‘shatilgandi. Shundan bir necha kun o‘tib Ukraina xavfsizlik xizmati uning o‘rinbosarini hududiy budjet mablag‘larini talon-toroj qilishda ayblagandi.
Mavzuga oid
14:17 / 11.06.2026
Makron: Zelenskiy G7 sammitida ishtirok etadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25 / 08.06.2026