Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiya bosh vaziri O‘zbekistonga keladi
Petr Fialaga mamlakat ishbilarmon doiralari delegatsiyasi hamrohlik qiladi.
Chexiya bosh vaziri Petr Fiala O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U Xitoyning savdo bozorlaridagi hukmronligini muvozanatlash maqsadida bir qator Osiyo mamlakatlariga, jumladan Vetnam, Indoneziya, Qozog‘iston, Singapur va Filippinga ham boradi. Bu haqda uning so‘zlariga tayanib TASS xabar berdi.
Chexiya hukumati rahbariga Osiyo mamlakatlariga safari davomida respublika ishbilarmon doiralari delegatsiyasi hamrohlik qiladi. Fialaning qayd etishicha, yuqoridagi davlatlar Chexiya bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishdan manfaatdor.
«Chexiya bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor bo‘lgan davlatlarga boramiz. Bu ma’lum darajada Xitoyning (jahon savdo bozorlarida) hukmronligiga qarshi muvozanat yaratishi mumkin bo‘lgan davlatlardir. Bu aniq va nafaqat Chexiya, balki butun Yevropa bundan qutulishi kerak. Biz o‘zimiz uchun muqobil bozorlarni yaratishimiz kerak», dedi Fiala.
Osiyo mamlakatlari bo‘ylab bo‘lajak safarning ishchi dasturi yetti kunga mo‘ljallangan. Chexiya delegatsiyasining birinchi manzili Filippin poytaxti Manila bo‘ladi.
Chexiya bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi sanasi xabarda keltirilmagan.
Mavzuga oid
10:00
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
09:14 / 27.05.2026
Chexiyalik fuqaro Eurojackpot lotereyasida 120 mln yevro yutdi
22:01 / 26.05.2026
Ukrainaga yordam beruvchi davlatlar koalitsiyasi ikki barobar qisqargani ma’lum bo‘ldi
20:20 / 01.05.2026