Jahon | 16:18 / 15.04.2023
5584
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainadagi urush paytida kamida 469 nafar bola halok bo‘ldi

15 aprel holatiga ko‘ra, Ukrainada Rossiya bosqini natijasida kamida 469 nafar bola halok bo‘lgan, deb xabar berdi mamlakat Bosh prokuraturasi. 

Foto: Picture Alliance

Mahkama tarqatgan bayonotda ma’lumot berilishicha, 948 nafardan ortiq bola turli darajadagi tan jarohati oldi

Bosh prokuraturaning ta’kidlashicha, bu raqamlar yakuniy emas, chunki jangovar harakatlar olib borilgan joylarda, bosib olingan va ozod qilingan hududlarda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan oldin Ukraina rasmiylari Avdiyivkadan bolalarni majburan evakuatsiya qilmoqchi ekani xabar berilgandi.

10 apreldan boshlab shaharda qolgan bolalar Donetsk viloyatidagi Avdiyivkadan majburan olib chiqiladi, dedi shahar harbiy ma’muriyati rahbari Vitaliy Barabash. 

Ukraina Milliy politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Avdiyivkada to‘rt nafar bola qolmoqda, ikki nafari allaqachon qidirib topilgan va oilani evakuatsiya qilishga ko‘ndirishmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid