10 apreldan boşlab şaharda qolgan bolalar Donetsk viloyatidagi Avdiyivkadan majburan olib çiqiladi, dedi şahar harbiy ma’muriyati rahbari Vitaliy Barabaş. 

Ukraina Milliy politsiyasi ma’lumotlariga köra, Avdiyivkada tört nafar bola qolmoqda, ikki nafari allaqaçon qidirib topilgan va oilani evakuatsiya qilişga köndirişmoqda.

Avvalroq Rossiya kuçlari Ukrainaning Zaporijjya va Xerson viloyatlari bosib olingan hududlarida qolgan, ammo «pasportlaştirişdan» ötmagan ukrainaliklarga nisbatan bosimni kuçaytirdi, deya xabar bergandi Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi 7 aprel kuni.

Okkupatsion rasmiylar Rossiya pasportini olmagan Ukraina fuqarolarining harakatini çeklayapti, ularning şaxsiy ma’lumotlarini yozib olyapti, yaşaş joyida tintuv ötkazyapti, deyiladi xabarda. 

Şuningdek, ukrainaliklar kiriş va çiqişni taqiqlaş, Rossiya pasportini olişdan boş tortgan taqdirda uyidan haydab çiqariş va xususiy mulkini musodara qiliş, öquvçilar esa - şahodatnomalar berilmasligi bilan qörqitilyapti, deyiladi hisobotda.