AQSh: Rossiya Kiyevga yetkazilgan zararni qoplashi kerak
Jahon hamjamiyati Rossiya Federatsiyasi javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini va urush davomida Kiyevga yetkazilgan zararni qoplashini kutmoqda, dedi Janet Yyellen. Shu bilan birga, Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanish bo‘yicha cheklovlar mavjud, deya qo‘shimcha qildi u.
AQSh moliya vaziri Janet Yyellen Rossiya Ukrainaga yetkazilgan zararni qoplashi kerak, deb hisoblaydi. Bu pozitsiyani AQSh Moliya vazirligi rahbari CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, undan parchalarni telekanal o‘z veb-saytida 15 aprel, shanba kuni joylashtirdi.
Yyellenning so‘zlariga ko‘ra, hozirda buni amalga oshirishga imkon beradigan mexanizmlar bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
«Menimcha, jahon hamjamiyati Rossiyadan bu mas’uliyatni kutmoqda», - deydi u. «Biz buni hamkorlarimiz bilan muhokama qilmoqdamiz, biroq muzlatilgan Rossiya aktivlari bilan nima qilishimiz mumkinligi borasida qonuniy cheklovlar mavjud», — dedi Janet Yyellen.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 12 aprel kuni Xalqaro valuta jamg‘armasi va Jahon banki rahbarlariga murojaatida Rossiya Markaziy bankining butun dunyo bo‘ylab muzlatib qo‘yilgan aktivlarini musodara qilish va ulardan Ukrainani qayta qurish uchun foydalanishga chaqirdi.
Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu qadam «tajovuzkordan yetkazilgan zarar tovonini undirish» uchun zarur. «Rossiya o‘z agressiyasining to‘liq narxini his qilishi kerak», dedi Zelenskiy video-aloqa orqali.
Mavzuga oid
16:42
Kreml Putin va Tramp telefonda suhbatlashganini rad qildi
14:42
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
10:47
Rossiya 145 ta dron bilan Ukrainaning yirik shaharlariga hujum qildi
13:30 / 10.11.2024