Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Braziliyaning urush uzaytirilayotgani haqidagi tanqidini rad etdi
Qo‘shma Shtatlar Braziliya prezidenti Luiz Inasiu Lula da Silvaning Ukrainadagi urush uzaytirilayotgani haqidagi ayblovlarini keskin rad etdi.
«Bunday vaziyatda Braziliya faktlarga qaramay, Rossiya va Xitoy propagandasini takrorlamoqda», dedi AQSh Milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Kirbi jurnalistlarga.
Lulaning Ukrainadagi urush haqidagi izohlari «chuqur muammoli», dedi u.
Bir kun avval Braziliya rahbari «Yevropa va Qo‘shma Shtatlar urushning davom etishiga o‘ziga xos tarzda hissa qo‘shishda davom etmoqda», deb aytgan edi.
U ulardan «muzokaralar stoliga o‘tirib, «yetar» deyishni» talab qildi. «Biz vositachilik tashabbusi orqali katta muvaffaqiyatlarga erishamiz, deb ishonaman», deya qo‘shimcha qildi Braziliya prezidenti.
Braziliya prezidenti Luiz Inasiu Lula da Silva Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) bilan Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiv urushida tinchlikka vositachilik qilishni istaydi. Lula da Silva ushbu tashabbusni Xitoy va BAA rahbariyati bilan muhokama qilganini aytdi. Braziliya rahbari 16 aprel kuni inauguratsiyadan keyingi ilk tashrifini Abu-Dabiga amalga oshirdi.
Lulaning ta’kidlashicha, u Xitoy rahbari Si Jinping va BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan vositachilik guruhini tuzish haqida gaplashgan. Uni G20'ga o‘xshatish orqali shakllantirish mumkin, deb hisoblaydi Braziliya yetakchisi.
«G-20 inqirozga uchragan global iqtisodiyotni saqlab qolish uchun yaratilgan», - deya eslatdi u. Endi «ushbu urushni tugatish va tinchlikni ta’minlash uchun boshqa turdagi G20»ni yaratish muhim», dedi Lula da Silva.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026