Braziliya prezidenti Luiz Inasio Lula da Silva Xitoy va Birlaşgan Arab Amirliklari (BAA) bilan Rossiyaning Ukrainaga qarşi agressiv uruşida tinçlikka vositaçilik qilişni istaydi. Lula da Silva uşbu taşabbusni Xitoy va BAA rahbariyati bilan muhokama qilganini aytdi. Braziliya rahbari 16 aprel, yakşanba kuni inauguratsiyadan keyingi ilk taşrifini Abu-Dabiga amalga oşirdi.

Lulaning ta’kidlaşiça, u Xitoy rahbari Si Jinping va BAA prezidenti Şayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan vositaçilik guruhini tuziş haqida gaplaşgan. Uni G20'ga öxşatiş orqali şakllantiriş mumkin, deb hisoblaydi Braziliya yetakçisi. «G-20 inqirozga uçragan global iqtisodiyotni saqlab qoliş uçun yaratilgan», - deya eslatdi u. Endi «uşbu uruşni tugatiş va tinçlikni ta’minlaş uçun boşqa turdagi G20»ni yaratiş muhim», dedi Lula da Silva.

Uning sözlariga köra, taşabbusni allaqaçon AQŞ prezidenti Jo Bayden, Germaniya kansleri Olaf Şols, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Janubiy Amerikaning bir qança davlat rahbarlari bilan muhokama qilgan.

«Yevropa va AQŞ uruşning davom etişiga öziga xos tarzda hissa qöşişda davom etmoqda», - dedi Braziliya rahbari. U ulardan «muzokaralar stoliga ötirib, «yetarli» deyişini talab qildi. «Men vositaçilik taşabbusi orqali «biz katta muvaffaqiyatlarga erişamiz» deb işonaman», deya qöşimça qildi Braziliya prezidenti.

Avvalroq, 15 aprel kuni Pekinga taşrifi çoğida Luis Inasio Lula da Silva Amerika Qöşma Ştatlarini Ukrainaga harbiy yordamni töxtatişga çaqirgan edi. Vaşington «uruşni rağbatlantirişni töxtatib, tinçlik haqida gapirişni boşlaşi kerak», dedi Lula jurnalistlarga. Braziliya rahbarining sözlariga köra, Yevropa Ittifoqi ham «tinçlik haqida gapirişni boşlaşi» lozim.