O‘zbekiston | 18:27 / 18.04.2023
8805
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga sayyohlik maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni ma’lum bo‘ldi

Dastlabki 3 oy ichida 108 mingdan ortiq xorijlik bo‘sh vaqtini o‘tkazish va dam olish uchun O‘zbekistonga kelgan.

Foto: KUN.UZ

2023 yil yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga sayyohlik maqsadida kelgan chet el fuqarolarning umumiy soni 1487,7 ming kishini tashkil etdi.

Statistika agentligi ma’lumotlarida qayd etilishicha, turistik maqsadda mamlakatga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

- qarindoshlarini yo‘qlash – 1322,1 ming;

- bo‘sh vaqtini o‘tkazish va dam olish – 108,1 ming;

- xizmat safari – 27,0 ming;

- davolanish – 17,5 ming;

- tijorat – 9,7 ming;

- o‘qish – 3,3 ming.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid