O‘zbekiston | 15:59 / 19.04.2023
7994
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Beeline Uzbekistan talabalar amaliyoti dasturining 15-mavsumini ishga tushiradi

O‘zbekistonda Bee Generation uzoq muddatli loyihasining yubiley mavsumi boshlandi. Respublika oliy o‘quv yurtlari talabalari nafaqat haqiqiy kasbiy tajribaga ega bo‘lish, balki mamlakatimiz telekommunikatsiya sohasida yetakchi bo‘lgan xalqaro kompaniyada ishlash imkoniyatiga ega.

Foto: Beeline Uzbekistan

Bee Generation loyihasiga a’zo bo‘lish uchun beeline.uz/en/vacancies/internship havolasi orqali kirib, tegishli ta’lim yo‘nalishini tanlab, onlayn ariza to‘ldirish kerak. Shundan so‘ng kompaniya vakillari nomzod bilan bog‘lanib, uni suhbatga taklif qilishadi. Uning natijalariga ko‘ra amaliyotchilarning yakuniy ro‘yxati aniqlanadi.

Loyiha davomida yoshlar haqiqiy biznes masalalarni hal qilishlari, Beeline Uzbekistan korporativ madaniyati bilan tanishishlari, tadbirlar va professional seminarlarda qatnashishlari, Beeline Uzbekistan a’zosi bo‘lgan VEON kompaniyalar guruhi mavjud mamlakatlar darajasida professional tanishlar tarmog‘ini kengaytirish va mustahkamlashlari mumkin bo‘ladi. Har bir tinglovchining shaxsiy rivojlanish dasturini ishlab chiqadigan va kompaniyaga ko‘nikishga yordam beradigan shaxsiy murabbiyi bo‘ladi. Moslashuvchan jadval amaliyotchiga stajirovkani universitetda o‘qish bilan birlashtirishga imkon beradi.

“O‘n besh yildan beri Beeline yosh iste’dodlar uchun o‘z eshiklarini ochib, ularning kasbga qadam qo‘yishiga ko‘maklashmoqda va bu yo‘lda qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Bu vaqt mobaynida 300 ga yaqin talaba biznesning nozik jihatlarini o‘rgandi, ularning 40% dan ortig‘i amaliyot davomida va amaliyotdan so‘ng Beeline’da ishga joylashtirildi. Bee Generation – muvaffaqiyatli karerani boshlash uchun haqiqiy imkoniyatdir”, – deydi Beeline Uzbekistan’ning xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlanish bo‘yicha direktori Sofiya Gaynutdinova.

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 7 mamlakatda 200 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,9 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: fb.com/beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/beelineuzbekistan

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid